Qashkadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi «Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish» idorasi tomonidan viloyat korxonalarida sifat tizimlarini sertifikatlashtirish ishlari boskichma- boskich amalga oshirib kelinmokda.

Shunday korxonalardan biri bu «Muborak Issiklik Energiya Markazi» AJ hisoblanadi. Ushbu aksionerlik jamiyati mamlakatimizda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, elektr va issiklik energiyasini ishlab chikarish hamda viloyatning strategik ahamiyatga ega korxonalarini energiya ta’minoti bilan ta’minlash faoliyati bilan shug‘ullanib keladi.

Jamiyat tomonidan 2018 yil davomida sifat tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish bo‘yicha karor kabul kilingan holda, belgilangan vazifalar amalga oshirildi.

Natijada «Muborak Issiklik Energiya Markazi»AJ O'zDSt ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi audit tekshiruvidan muvaffakiyatli utib O'zDSt ISO 9001:2015 sertifikatiga ega bo‘ldi hamda markaz mutaxassislari tomonidan aksionerlik jamiyati rahbariyatiga O'zDSt ISO 9001:2015 sertifikati topshirildi.

Mazkur standartning joriy etilishi jamiyatdagi ish jarayonlarini amalga oshirish mezonlari va mijozlarning korxonaga bo‘lgan munosabatlarini tahlil qilib borishga zamin yaratadi. Ishlab chiqarish sifatini yaxshilash va imkoniyatlar kulamini kengaytiradi.