Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda Viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi xodimlari ishtirokida ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili – buyuk shoir Bobur hayoti va ijodi haqida ma’ruza tinglandi va ijod namunalari o‘qib eshittirildi.

Shu bilan birga, Andijon shaxrida shoirning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilganligi, Bobur nomida teatr, kutubxona, milliy bog‘, markaziy ko‘cha, istirohat bog‘i hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining “Bobur” nomidagi medali ta’sis etilganligi ta’kidlab o‘tildi.