Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazida tashkil etilgan uchrashuvda prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilayotgan shart-sharoit, imkoniyat va imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.

Mazkur sayyor uchrashuvda Agentlik Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i B.Inog‘omov, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi bosh mutaxassisi N.Muxitov, Markaz direktori A.Jo‘rayevlar o‘z mulohazalari bilan ishtirok etdilar.