“O‘zstandart” agentligi markaziy hamda mahalliy jurnalistlar ishtirokida media-turlar tashkil etib, unda hududiy markazlarning faoliyati, sinov laborotoriyalari hamda ishlab chiqarish korxonalarga ko‘rsatayotgan yordami ommaviy axborot vositalari orqali targ‘iboti yo‘lga qo‘yilgan.

Navbatdagi media-tur Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazidan boshlanib, hamkor korxonalarda davom etdi. Dastlab, markaz direktori A. Xudayberganov jurnalistlarga shu yilning o‘tgan davr mobaynida sertifikatlashtirish, metrologiya hamda aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng jurnalistlar markazning laborotoriyalari va undagi sinov jarayonlari bilan tanishdi.

Hamda bu boradagi ishlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish maqsadida, hududdagi “UZTEX GROUP”, “DARITAL SHOES” , “FEEDGRAN”, “Baxt harakat mevasi” korxonalarida bo‘ldilar. U yerda markaz tomonidan ISO 9001 sifat tizimi joriy etilyotgani hamda chetdan olib kelinayotgan texnologik uskunalari sertifikatlashtirib, mavjud o‘lchash uskunalari qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazib berilgani to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar. “UZTEX GROUP” korxonasiga Muvofiqlik sertifikati taqdim qilindi.

So‘ngra media-tur ishtirokchilari Bog‘ot tumanida joylashgan “Baxt harakat mevasi” issiqxonasida bo‘ldilar. Korxonada yetishtirilayotgan sabzavotlar eksportga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. hamda GLOBAL GAP standartini joriy qilish bo‘yicha ishlar boshlangan.