“O‘zstandart” agentligi hamda Davlat Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida imzolangan kelishuvga asosan axborot almashinuv tizimi joriy qilindi.

Jumladan, agentlikning muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish axborot tizimi Davlat bojxona qo‘mitasining “Yagona darcha” axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, hozirga qadar 37 041 ta elektron arizalar qabul qilindi hamda 21 680 ta muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi.