“O‘zstandart” agentligi Prezidentimizning 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hozirgi kunda yurtimizdagi 3378ta eksporter korxonalarga standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya sohalariga oid mavjud muammolarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda.