“O‘zstandart” agentligi va tizim-tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berish, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarga standartlarni bepul yetkazib berish va elektron xizmatlar sifatini oshirish vazifalariga e’tibor qaratilmoqda.
– Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 1516 ta korxonalarda profilaktika ishlari o‘tkazilib, 2 337 ta korxonalar standartlar bilan bepul ta’minlandi;
– 836 ta korxonada xalqaro ISO standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlari joriy etilib, bunday korxonalar soni 9 ming taga yetkazildi;
– xorijiy mamlakatlarning ilg‘or va zamonaviy standartlari mahalliy sanoat korxonalariga yetkazilmoqda, jumladan Amerika materiallar sinovlari standartlari tashkiloti (ASTM) 12 mingdan, Fransiyaning (AFNOR) – 10 mingdan, Yevropaning EN standartlari MDX davlatlarining 5 mingdan ziyod standartlaridan foydalanishga imkoniyat yaratildi va tadbirkorlarga yetkazib berilmoqda.