“O‘zstandart” agentligi, “UzTest” markazi mutaxassislari tomonidan onlayn tarzda 102 nafar tinglovchi ishtirokida ISO 28000 “Yetkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish tizimlari” xalqaro standartining talablari bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminar ishida Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidag”gi Farmonida belgilangan vazifalar va ISO 28000 “Yetkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish tizimlari” xalqaro standarti talablarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi. Uchrashuv so‘nggida korxona mas’ullari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.