“Innoprom. Oʻzbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida  Rossiya Federatsiyasining “Rosstandart” federal  agentligi rahbari Shalayev Anton Pavlovich boshchiligidagi delegatsiya “Oʻzstandart” agentligida boʻldi.

Uchrashuv chogʻida sohalar yoʻnalishidagi hamkorlikni kengaytirish borasida birgalikda olib borilayotgan ishlarning istiqbollari va  holati koʻrib chiqildi.

 Delegatsiya  vakillari  Agentlikda texnik jixatdan tartibga solish, metrologiya, standartlashtirish, va kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, zamonaviy sinov laboratoriyalar bilan tanishib, bu yoʻnalishlar izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Oʻzaro ishonch va anglashuv asosidagi davlatlararo amaliy muloqot mustahkamlanib borayotgani mamlakatlarimizni barqaror rivojlantirish va xalqlarimiz farovonligini oshirish yoʻlida saʼy-harakatlarni birlashtirish imkonini berayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga  standartlashtirish sohasida milliy qonunchilikni xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirish, ikki mamlakat oʻrtasida eksport-import qilinadigan mahsulotlar sinovlarini oʻtkazish amaliyotini  kengaytirish,  kadrlar tayyorlash, ekspertlarni jalb etish, texnik jihatdan tartibga solishga oid  dolzarb masalalar muhokama qilindi.

“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi