DUSEL, VERA va VERAL brendi ostidagi elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi korxonada sinov laboratoriyasi mavjudligi “Oʻzstandart” agentligi xodimlari tomonidan borib koʻrildi.

Korxonada har bir ishlab chiqarilgan va import qilingan elektrotexnika mahsulotlari sinovini muntazam oʻtkazib borilishi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, mazkur lampalarni “yorugʻlik oqimi” 100V-240V talablari sinov laboratoriyada tekshirilganda, sifati davlat standarti meʼyorlariga muvofiq kelishi aniqlandi. DUSEL, VERA va VERAL brendi ostidagi elektrotexnika mahsulotlari sifatliligiga amin boʻlindi.

Kelgusida korxona tomonidan tamgʻalanish talablarini qayta koʻrib chiqilishida agentlik doimiy hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.