Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, tizim-tashkilotlari va  hududiy filiallari masʼullari ishtirokida videokonferensiya aloqa vositasi yordamida  seminar tashkil etildi.  Unda  Prezidentimizning  “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intervyularida bildirgan mulohazalari, taklif va gʻoyalarining mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berildi.

  Intervyuda mamlakatimizning oʻtgan besh yillik faoliyati tahlil etilib, xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash, iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, milliy mahsulotlarimiz sifatini oshirish, jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini taʼminlashdek vazifalar oʻrin olganligi taʼkidlandi.

Seminarda soʻz olganlar ham mamlakatimizning buguni va ertangi taraqqiyoti haqida, davlat va jamiyatning muhim yoʻnalishlari Prezidentimizning intervlarida oʻz aksini topganligini aytib oʻtdilar.

Shuningdek, seminarda xodimlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish,  davlat tili  toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash,  lotin alifbosiga bosqichma bosqich oʻtish masalalari ham muhokama qilindi.