Joriy yilning 8-9-sentyabr kunlari International Tashkent mehmonxonasida xalqaro Asia Grains&Oils Conference in Tashkent konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada don va moy biznesini rivojlantirishda xorijiy ekspertlarning fikr-mulohazalari tinglandi va mahalliy mutaxassislar tomonidan muhokama qilindi hamda ushbu sohada xalqaro standartlarni joriy etishning zarurligi yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, xalqaro konferensiyada doirasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan AGRO MIR Holding guruhiga kiruvchi “Maroqand Meva-Sabzavot” kompaniyasiga Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “QMS CERT” (Gretsiya) xalqaro sertifikatlashtirish idorasi rasmiy hamkori “MANAGEMENT CERTIFICATION” bilan hamkorlikda xalqaro GLOBAL G.A.P. sertifikatini tantanali taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi