Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti tomonidan “Aniq oʻlchashlar – halollik garovi” mavzusida islom dinida oʻlchashlar masalalari muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati boshlandi. Davra suhbati Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Xalqaro Islom akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Tadbirda ushbu tashkilot vakillari tomonidan oʻlchashlar, ularning tarixi, islom diniy manbalari va buyuk allomalarimiz asarlarida oʻlchashlar masalasi xususidagi oyat, hadis va ilmiy xulosalar haqida maʼlumotlar beriladi.