Agentlik va uning tizim-tashkilotlari Oliy taʼlim dargohlari bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda. Ayniqsa, talabalarning nazariy olgan bilim va malaka koʻnikmalari amaliy mashgʻulotlar yordamida yanada mustahkamlanib bormoqda.

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining Jizzax filiali, Politexnika instituti bilan hamkorlikda Fizik-kimyo sinov laboratoriyasida talabalar uchun oʻquv amaliyotlarini tashkil etib kelmoqda.