Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda Xalqaro savdo tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Markaziy Osiyo savdoga tayyor (R4TCA)" loyihasining birinchi bosqichi doirasida taqdim etilgan "Savdo jarayonlarini osonlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston milliy portali" yaratilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Agentlik masʼullari ishtirokidagi mazkur taqdimot tadbiri davomida ishlab chiqarilayotgan platformaning qulaylik va afzalliklari muhokama qilindi. Bundan tashqari, ushbu loyihani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar berildi.