Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlinmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonasi hamkorligida Shveysariya davlatining Jeneva shahrida mamlakatimizda elektrotexnika va energetika sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar, milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish shuningdek, Oʻzbekistonni IEC tashkilotiga “Associate membership” maqomida aʼzo boʻlishi masalasida IEC tashkiloti ekspertlari Aristeya Kiriakati, Antuanetta Pittelud, Ketrin Fraga bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

IEC tashkiloti ekspertlari Oʻzbekistonning xalqaro normalarga asoslangan “Associate membership” saʼy-harakatlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini va oʻz navbatida hamkorlik orqali oʻzaro munosabatlarni yanada kuchaytirish tarafdori ekanini maʼlum qilishdi.

Uchrashuv natijasiga koʻra, “Associate membership” maqomida aʼzo boʻlish boʻyicha xujjatlar toʻplami dekabr oyida IEC tashkiloti yuqori kengashiga taqdim etilishiga kelishildi.