"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Bekobod filiali mutaxassislari “ULKAN-LAZIZ " masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishish va sohaga doir masalalarda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida bo’ldilar.

Poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan ushbu korxona bugungi kunda ichki bozorga sifatli ravishda oʻz mahsulotlarini yetkazib berib kelmoqda. Ana shu faoliyatni yanada kengaytirish, xalqaro standartlarni joriy etish va eksportga yoʻnaltirish masalalarida soha xizmatlari taklif etilib, murojaat qilish shartlari bilan korxona masʼullari tanishtirib oʻtildi.