“UzTest markazining Qoraqalpogʻiston filiali xodimlari eksportyor korxonalar faoliyati bilan tanishish, sohamizga doir masalalarda amaliy yordam berish maqsadida Ellikqalʼa tumanida joylashgan ”BOʻSTON CLUSTER" korxonasida boʻldilar.

Klaster uslubida ish olib borayotgan mazkur korxona zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Xitoy va Turkiya davlatlariga kalava ip, jinsi matosi, yumshoq sochiq mahsulotlarini eksport qilib kelinmoqda.

Uchrashuv jarayonida korxona GOST-32086-2013 davlatlararo standarti, UzTR.148-008:2016 milliy texnik reglamenti va Bojxona Ittifoqi TR TS 017/2011 texnik reglamenti bilan taʼminlandi.