OʻzTTSA tizim tashkilotlari Buxoro viloyati hududiy filiallari hamkorligida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi hamda benazir shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda professor Bibish Joʻrayeva va filologiya fanlari doktori, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Laylo  Sharipovalar ishtirok etib, Alisher Navoiy va Bobur ijodi va biz uchun oʻrnak boʻladigan hayotiy oʻgitlari haqida maʼlumotlar berdilar. Shuningdek, ularning  asarlari, sheʼr va dostonlaridan parchalar keltirdilar.

Yigʻilish ishtirokchilariga buyuk allomalarning asarlarini koʻproq mutolaa qilish, ularda keltirilgan har bir soʻz sehriga katta ahamiyat qaratish va oilada, farzandlar tarbiyasida ulardan foydalanishlari tavsiya etildi.