Agentlikning Buxoro viloyati hududiy filiallari va Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan viloyatning shahar va tumanlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakillari, tadbirkorlar uchun xalqaro standartlarni joriy etish, savdodagi texnik toʻsiqlar va mahsulotlarni jahon andozalari asosida muvofiqligini baholashning ahamiyati yuzasidan eksportchi korxonalar uchun seminar treninglar tashkil etildi.

Seminar ishida tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytarilib, xalqaro standartlarni joriy etish tartiblari, filiallardagi laboratoriyalarning ish faoliyati, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlash boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Romitan tumanida oʻtgan seminar ishida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarishda va mahsulotni eksport qilishda zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tezlashtirib berishlarini soʻrab, Oʻzbekiston standartlar institutining vakillariga murojaat qilishdi va ushbu masalani hal etish choralari koʻriladigan boʻldi.