OʻzTTSA Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tizim-tashkilotlari va hududiy filial rahbarlari, maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha masʼullar ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”ning mazmun-mohiyatini tushuntirish va strategiyada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, mahalla instituti bilan yaqindan hamkorlik qilish, inson qadrini ulugʻlash, kitobxonlik madaniyati oshirish, ilmiy-innovavatsion faoliyatni yanada jadallashtirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, 8-mart Xalqaro-xotin qizlar kuni va 21-mart - Navroʻz bayramini  nishonlash, “yashil makon” loyihasi doirasidagi tadbirlar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar haqida soʻz yuritildi.