Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro hududiy filiali Buxoro Muhandislik- texnologiya instituti bilan  hamkorlikda soha boʻyicha taʼlim olayotgan talabalar muntazam ravishda filial laboratoriyalarida ishlab-chikarish jarayonlarida qatnashib, oʻz malakalarini oshirib kelmoqdalar.

Mazkur hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish maqsadida taʼlimni ishlab chiqarish bilan uzluksizligini taʼminlash maqsadida, Buxoro Muhandislik-texnologiya instituti metrologiya va standartlashtirish kafedrasi dotsenti Nodir Avliyaqulov shartnoma asosida filialda ish boshladi. Endilikda olim  malakali, magistraturada oʻqigan  xodimlardan tanlab, soha rivoji boʻyicha dolzarb mavzuda nomzodlik ishini tayyorlash, uni ishlab chiqarishga qoʻllash jarayonlari bilan shugʻullanadi.

  Bugunning oʻzida olim bilan Buxoro neft bazasi korxonasidagi laboratoriyaning ishi, jihozlanishi va yangi metodlar asosida olib borilayotgan ishlari oʻrganildi.