Sifat menejment tizimlari, sifatni nazorat qilishga oid  qabul qilingan hukumat dasturlari va qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida  Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va muvofiqlikni baholash idoralari hamkorligida  vazirlik va idoralar, qoʻmitalar, uyushmalar uchun onlayn vebinar tashkil etildi.

Tadbirda  ekspertlar tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish, sifat menejment tizimlari afzalliklari, sifat sohasida siyosat va maqsadlar, resurslar mavjudligi boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.

Oʻquv seminari davomida ishtirokchilar  tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi hamda ekspertlar tomonidan savollarga javob berildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi