30-31-may kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ustuvor vazifalarni belgilash, mamlakatda korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy vositalarini joriy etish” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari uchun moʻljanllangan ikki kunlik seminar-treningda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlimi ham ishtirok etdi.

Mazkur seminar-treningda Agentlik masʼullari korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy vositalari toʻgʻrisida maʼlumotga va sertifikatga ham ega boʻldi.