Agentlik tashabbusi bilan Yevropa Komissiyasining Texnik yordam va axborot almashuvi vositasi koʻmagi (TAIEX) hamkorligida Davlat nazorati departamenti xodimlari uchun Courtyard by Marriott Tashkent mehmonxonasida “Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarni erkin muomaladan chiqarish va yoʻq qilishda Yevropa tajribasi”   mavzusida  trening seminar oʻz ishini boshladi.

Trening seminar Mr. Eduards Bakasejevs (Latviya), Mr Vadims Bartkevics (Latviya), Dr Vilius Rekštys (Litva) tomonidan olib boriladi.