Oʻlchashlar inson hayotining ajralmas bir qismidir, ertalab turishimiz bilan soatga qarab vaqtni, atrof muhit haroratini, yoʻlda harakatlanganimizda masofani aniqlaymiz. Hech bir soha yoʻqki unda  oʻlchashlar ishlatilmasa.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Xorazm filialida mavjud oʻlchash va sinash vositalarini qiyoslash, metrologik attestatlash hamda kalibrlash xizmatlarini bajarib, viloyata sogʻlikni saqlash va veterinariyada,  ogʻir va yengil sanoatda, neft va gaz sanoati, elektrotexnika sanoati, savdo sotiq va  boshqa sohalarda oʻlchashlar biriligini taʼminlash bilan notoʻgʻri oʻlchashlar natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni oldini olish boʻyicha faoliyat koʻrsatadi.

 Filiali jamoasi   1-oktyabr oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sohada koʻp yillar faoliyat olib borib, yoshlarga ustozlik qilib kelayotgan mehnat faxriylariga ehtirom sifatida bayram tadbiri tashkil etildi.

 Tadbirda ustozlarni hozirgi kunda sohada olib borilayotgan ishlar, yangiliklar va kelajakdagi rejalar bilan tanishtirildi.  Maʼrifiy uchrashuvda ustozlar oʻz ish faoliyati davomida sohada bajarilgan ishlarni xotirlab, bugungi kundagi yaratilgan sharoitlardan hamda tizimda olib borilayotgan yangiliklardan xursandliklarini taʼkidladilar.