Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Unda xotin-qizlar himoyasini oʻzida aks ettiruvchi bir qator hujjatlarning mazmun-mohiyati va zoʻravonlikning har qanday turi inson huquqlariga qarshi jinoyat ekanligi, bu holatni hech narsa bilan oqlab boʻlmasligi haqida tushunchalar berildi.

Davra suhbati davomida gender zoʻravonlikning koʻrinishlari, yaʼni ruhiy, jismoniy va iqtisodiy zoʻravonlik boʻyicha bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash, ayollarni oʻz haq-huquqlari boʻyicha yetarli bilimga ega boʻlishi zarurligi yuzasidan soʻz yuritildi.

Muqaddas sanalgan oilada ayolga nisbatan qilingan zoʻravonlikni  yurtimiz kelajagi uchun qilingan tajovuz sifatida baholanishi lozimligi,  xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yanada yaxshilash, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash har birimiz uchun ham farz ham qarzligi alohida taʼkidlandi.