“Axborot ma’lumot markazi” DK direktori A. Daminovning ta’kidlashicha, joriy yilning 1-yarim yilligida xodimlar bilan aniq ishlab chiqilib tasdiqlangan rejaga asosan kutilgan natijalarning samarasi ijobiy ekanligi ma’lum bo‘lgan.
-Eng asosiysi har bir xodim bilan olib borilgan suhbatlar va ularning o‘z ishlariga bo‘lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirganimiz o‘zining ijobiy samarasini bermoqda deydi A. Daminov.
Keling markaz faoliyatidagi ayrim ijobiy qadamlarga e’tibor qaratsak.

Me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda va tarjima qilishda amaliy yordam ko‘rsatish va mahsulotlarni kataloglashtirish bo‘limi tomonidan 2017 yilning I-choragida tadbirkorlik sub’ektlari, tashkilotlar, korxonalar tomonidan kelgan buyurtmalarga asosan, mahsulotlarni kataloglashtirish, xamda me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, kamchiliklarini tuzatishda amaliy yordam berish va davlat tiliga tarjima qilish ishlari bajarilib kelinmoqda.
Shu davr ichida 55 ta korxonaga 61 ta maxsulotga me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 10 ta mahsulotga me’yoriy hujjat loyihasining kamchiliklarini tuzatishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, bo‘lim xodimlari tomonidan 41 ta me’yoriy hujjatlar davlat tiliga tarjima qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisaning 2010 yil 21 iyuldagi 154-sonli “Tayyor mahsulotlar, butlovchi qism va materiallarni sanoat kooperatsiyasi asosida ishlab chiqarishda, mahalliylashtirish dasturini realizatsiya qilish va shakllantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” farmoyishini bajarish maqsadida, bo‘lim tomonidan “O‘zstandart” agentligiga 52 korxona uchun hujjatlar to‘plami xulosa berish uchun taqdim etildi.
Respublika bo‘yicha 2017 yilning I-choragida jami 396 ta mahsulot katalog varag‘i ro‘yxatga olindi va mahsulotlarni kataloglashtirish bo‘yicha maxsus kompyuter dasturi bazasiga kiritildi.
251 ta tashkilotlarga mahsulotlarni katalog varaqlarini to‘ldirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Yangi ro‘yxatga olingan mahsulotlarni katalog varaqlar hisobiga «Axborot ma’lumot markazi» Davlat korxonasiga kelib tushgan maxsulotlar katalog varaqlari asosida bugungi kunda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha korxonalar va mahsulotlarga tegishli axborotlar to‘plamini olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatildi.
Hisobot davrida bo‘lim tomonidan jami 180,5 mln so‘mlik shartnomalar tuzilib, bajarilgan ishlar hajmi 168,2 mln so‘mni tashkil etadi.
Hisobot davrida bo‘lim tomonidan jami 180,5 mln.so‘mlik shartnomalar tuzilib, bajarilgan ishlar hajmi 168,2 mln. so‘mni 2016 yil 3 oyiga (yanvar, fevral, mart) nisbatan (128,4 mln. so‘m) 131,0 % ga ortiqni tashkil qildi.

Manba: Axborot xizmati