“O‘zstandart” agentligi tomonidan “SGS Tashkent Ltd.” Xorijiy korxonasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi PF-4848-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 apreldagi №2520 sonli «Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 15 iyundagi “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi №207-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash,sinovlar o‘tkazishni yanada rivojlantirish, dunyo standartlari darajasiga olib chiqish va laboratoriya tomonidan bajarib kelayotgan sinovlarni va sinov bayonnomalarini dunyoning barcha mamlakatlarida so‘zsiz tan olinishini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan “SGS Tashkent Ltd.” Xorijiy korxonasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Tanlovda ishtirok eting va «MDH mukofoti» sohibiga aylaning!
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS)ning 57 yig‘ilishida “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti” (Premii Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv za dostijeniya v oblasti kachestva produksii i uslug) navbatdagi tanlovini o‘tkazish e’lon qilindi.
Italiya standartlashtirish tashkiloti (UNI) 100 yoshga toʻldi
Italiyada standartlashtirish tashkiloti (UNI) tashkil etilganiga 100-yil toʻldi. Asr davomida UNI tashkiloti milliy va xalqaro standartlarni ishlab chiqishda va rivojlantirishda faol ishtirok etdi. Ishlab chiqilgan standartlar insonlar hayotini yaxshilashga, mahsulot va xizmatlarning sifatli va xavfsiz boʻlishiga zamin yaratdi.
“Indorama Kokand Textile” - MDH Mukofoti laureati
Joriy yil 18-mart kuni Moskva shaxrida MDH Iqtisodiy kengashining navbatdagi 93-yigʻilishida ilk bor Oʻzbekistonning “Indorama Kokand Textile” va “AGROMIR” korxonalari, mahsulot va xizmatlar sifati sohasida erishilgan yutuqlari uchun MDH Mukofoti laureatlari deb eʼlon qilindi.
Tanlovda ishtirok eting va “MDH mukofoti” sohibiga aylaning!
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS)ning 65-yig‘ilishida “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti” (Премии Содружества Независимых Государств за достижения в области качества продукции и услуг) navbatdagi tanlovini o‘tkazish e’lon qilindi.