Muvofiqlikni baholash sub’ektlari diqqatiga
“O‘zstandart” agentligining 31.05.2016 yildagi 05-763 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti O’z DSt 16.11:2016 “Muvofiqlikni baholash. Turli xildagi inspeksiya o‘tkazuvchi idoralarini ishlashiga talablar” qabul qilindi.
Gaz ballonlarni qo‘rilmasini sinash bo‘yicha yangi sinov laboratoriyalari akkreditatsiya qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qorori bilan tasdiqlangan «Siqilgan tabiy gazda, suyultirgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi umumiy texnik reglamentda belgilangan sinov usullarini bajarish bo‘yicha «ALJ-Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «AVTO STANDART ETALON» mas’uliyati cheklangan jamiyati sinov laboratoriyalari o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilindi.
Matbuot anjumani
«O‘zstandart» agentligi tomonidan Respublikamizda xalqaro standartlarni tadbiq etishning dolzarb masalalari va korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etishning afzalliklarida mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Sarf va bosim o‘lchashlardagi yangiliklar
“O‘zstandart” agentligi “Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasining sarf va bosim o‘lchashlar bo‘limining moddiy texnika bazasi yaxshilanmoqda.
Avtomobilga o‘rnatilgan gaz balonini kim sinovdan o‘tkazishga xaqli?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli «Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglamenti qabul qilingan.
O‘zbekiston-Xitoy hamkorlik istiqbollari.
Jizzax insdustrial erkin hududida joylashgan Sirdaryo filialida hozirgi kunda “Peng Sheng” MChJ QK- keramik plitkalar, “Pengzhong Xingsheng” MChJ QK- uyali aloqa vositalari, “Peng Sheng Casing” MChJ QK - katta va mayda shoxli hayvonlarning ichki a’zolarini qayta ishlash, “Peng Sheng Feed” MChJ QK-uy hayvonlari uchun ozuqa, “Peng Sheng Shoes” MChJ ChEK - poyafzal mahsulotlari, “Peng Sheng Charm” MChJ ChEK - teri mahsulotlarini qayta ishlash, “AWP” MChJ KK – santexnika mahsulotlari, “Sirdarya Ceramic Production” MChJ ChEK - keramik plitkalar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etildi.