Sifatli mahsulot ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish, bugungi kunda xar bir korxona va fuqaroning asosiy vazifasidir.
Butunjahon sifat kuni - noyabrning har ikkinchi payshanba kuni dunyoning koʻplab mamlakatlarida har yili nishonlanadigan tadbirdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti koʻmagida Yevropa Sifat Tashkiloti ushbu kunni tashkil etishda tashabbuskor hisoblanadi.
Mamlakatimizda davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas elementi boʻlgan sifat infratuzilmasi texnik tartibga solish va standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya kabi faoliyat yoʻnalishlarini oʻz ichiga oladi. Milliy iqtisodiyot ehtiyojlari va zamonaviy raqobat muhitining talablariga asosan ushbu faoliyat yoʻnalishlarining qonunchilik asoslari takomillashtirilib, nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratilmoqda.