Agentlik huzuridagi Departament, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va “OʻzTest” markazi Buxoro filiali xodimlari Buxoro tumanida joylashgan mahalliy eksportyor “BUXARA SHATEN CLEAN” korxonasida boʻlib, kukunsimon yuvish vositalari ishlab chiqarishda xushboʻylashtiruvchi qoʻshiladigan xom-ashyolarni import qilishda Prizidentimizning PF-6240-sonli Farmoniga asosan muvofiqlik sertifikatini bir marta rasmiylashtirgan holda yigirma toʻrt oy davomida import qilishga ruxsat berilganligi, bu esa tadbirkorning vaqti va xarajatlarini tejalishiga olib kelinishi haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, korxonaning metrologik taʼminlanganlik holati oʻrganilib, barcha oʻlchov vositalari toʻliq qiyoslov koʻrigidan oʻtkazib berildi. Bundan tashqari barcha meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminladi.

Korxonada ishlab chiqarish turi kengayotganligi sababli, amalda mavjud sifat tizimini joriy etilishi ham rejalashtirilgan.