Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) loyihasi eksperti, Energetika vazirligi maslahatchisi Tanaka Koichi va Energetika vazirligi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda halqaro  ISO 50001 standarti talablariga muvofiq energetik menejment tizimini joriy etishning afzalliklari, energiya samaradorligi va muvofiqliqni baholash yoʻnalishlarda
Yaponiya va Oʻzbekiston tajribalari, olib borilayotgan ishlar,
JICA loyihasi doirasida  kadrlar tayyorlash, oʻqitish, qayta tayyorlash
va malakasini oshirishda hamkorlik masalasi boʻyicha  fikr almashildi.

Tadbir yakunida  mazkur  yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni  faollashtirishga kelishildi.

 Xalqaro hamkorlik boshqarmasi