Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo hududiy filiali xodimlari Qarshi Davlat universitetida tashkil etilgan “Lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish masalalari” mavzusidagi amaliy seminarda ishtirok etdilar.

Seminarda “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi olimasi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Olima Oʻrinova ishtirok etib, xodimlarga davlat tilida ish yuritish uslublari, lotin alifbosida imlo qoidalari, tinish belgilarining toʻgʻri ishlatilishi hamda bu borada uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.