Biz korrupsiyaga qarshimiz

2017 yil 9 mart "O‘zstandart" agentligining katta majlislar zalida soat 17:00 da “Metrologiya xizmatlarini ko‘rsatish markazi” DKning "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida majlisi o‘tkazildi. Majlisda Toshkent shahar prokuraturasi “Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat” bo‘limi prokurori Azimov Akmal Adxamovich, “MXKM” DK direktori F.V.Samatov, “O‘zstandart” agentligi yuriskonsulti N.Xodjayev, “O‘zstandart” agentligi kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.Jalilov, bosh yuristkonsult S.B.Xasanova, kadrlar bo‘limi boshlig‘i B.B.Qahorov va barcha bo‘lim boshliqlari hamda mutaxassis xodimlari qatnashdilar. 


Majlis direktor F.V.Samatovning kirish so‘zi bilan ochildi, Toshkent shahar prokuraturasi “Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat” bo‘limi prokurori Azimov Akmal Adxamovich tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish faoliyatida normativ-huquqiy xujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya etilishi yuzasidan nutq so‘zladi.
Ma’ruzachi so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016yil 5 oktyabrdagi 4848 sonli farmoni “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilinligi va ularning moxiyati to‘g‘risida atroflicha tushuncha berdi.


Metrologiya markazi bosh yuriskonsulti S.Xasanova “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi.
Majlis yakunida, ishtirokchilarning savollariga javob qaytairildi va ularning bergan taklif va fikr-mulohazalari muhokama qilinib, markaz direktori F.V.Samatov yakuniy so‘z bilan majlis qarorini qabul qildi.