«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Axborot-ma'lumot markazi

   Manzil: 100049, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333 «A»

   Boshqarma boshlig`i: Daminov Akbarjon Alijonovich

   Telefon:    (0-371) 249-18-66

   Faks: (0-371) 249-18-66

   Ishonch telefoni: (0-371) 249-18-66

   Elektron pochata manzili: infocenter@standart.uz

Ish vaqti: Dushanba-Shanba: 09:00 – 18:00. Tushlik vaqti: 13:00 – 14:00

Hudud web sihifasi o`tish: 


Markaz Ustavi (pdf)(478kb)

Quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  • O’zbekiston Respublikasi milliy standartlar fondini yuritish;
  • O’zbekiston Respublikasi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarini me’yoriy hujjatlar (MH) bilan informatsion ta’minlash;
  • davlat ro’yxatiga olishni amalga oshirishda me’yoriy hujjatlarni ekspertiza qilish;
  • O’zbekiston Respublikasi amaldagi me’yoriy hujjatlarining yillik va chorak ko’rsatkichlarini chiqarish;
  • mahsulotlarni kataloglashtirish bo’yicha ishlarni yuritish;
  • Respublikamiz korxonalari, tashkilotlari va vazirliklari, yuridik va jismoniy shaxslariga amaliy va metodik yordam ko’rsatishni amalga oshirish.

Xo’jalik – shartnoma asosida quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi:

  • fondda ma’lum me’yoriy hujjatlar mavjudligi to’g’risida, MH ga o’zgartirishlar va ularning amal qilish muddatlari to’g’risida axborot berish;
  • buyurtmalar bo’yicha MH nusxalari bilan ta’minlash;
  • O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tematik kataloglari bilan ta’minlash;
  • buyurtmalar bo’yicha quyidagi yillik va chorak ko’rsatkichlari bilan ta’minlash: davlatlararo standartlar (GOST); O’zbekiston davlat standartlari va rahbariy hujjatlari (O’z DSt, O’z RH); O’zbekiston tashkilotning standartlari (Ts).
  • ma’lum me’yoriy hujjatlar bo’yicha maslahatlar berish MHning axborot beruvchi alomatlari – qabul qilingan yili, qayta nashr qilingan va qayta tasdiqlangan yili, qo’llanish va taalluqlilik sohasi, amal qilish muddati, bekor qilinishi, almashtirilishi va bosh.);
  • telefon orqali me’yoriy hujjatlar to’g’risida axborot berish (bir martalik       surov – bitta MH bo’yicha);
  • respublika davlat boshqaruv organlari, kichik va xususiy tadbirkorlar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining me’yoriy hujjatlari fondini aktuallashtirish bo’yicha metodik va amaliy yordam ko’rsatish;
  • davlat standartlari (O’z DSt), tashkilotning standartini (Ts) ishlab chiqishda metodik yordam ko’rsatish;
  • me’yoriy hujjatlarni rus tilidan davlat tiliga texnik tarjima qilish.