Joriy yilning 27 may kuni “O‘zstandart” agentligi tomonidan agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yagona amaliyotni shakllantirishni tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi.
“O‘zstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlarni o‘tkazish, ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiqish va qo‘llash tartiblari, profilaktika ishlarini amalga oshirish mexanizmlari hamda tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish borasida qabul qilinayotgan normativ–huquqiy hujjatlarning qo‘llash sohasida yagona amaliyotni shakllantirishni tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv seminarida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari J.Mirsaidov, Standartlashtirish davlat nazoratini muvofiqlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i H.Qosimov
va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimi M.Nasullayev hamda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi ishchi organi kotibi E.Jo‘rayevlar ishtirok etishdi.
Mazkur o‘quv seminarida bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish borasida keng ko‘lamdagi tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Prezidentimizning 2015 yildagi PF-4725 sonli «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to‘sqinlik qilish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganligi uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganligi haqida tegishli tushuntirishlar berildi.
Mazkur o‘quv seminari yakunida o‘tilgan mavzular yuzasidan agentlikning hududiy boshqarmalari mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi. 

Axborot xizmati