Bugun “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tizim va tashkilot rahbarlari hamda hududiy boshqarma hamda markaz rahbarlari ishtirok etdilar.

Tahliliy va tanqidiy ruhda tashkil etilgan yig‘ilishda asosan, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK tizimiga qarashli hududiy markazlari tomonidan xarid qilingan va qilinayotgan jihozlardan samarali va maqsadli foydalanishning istiqbollari va tizimga xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda qo‘shma korxonalarni tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi boshqarma boshlig‘i M.To‘raxo‘jayev va “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK direktori o‘rinbosari F.Samadov, hamda Xorazm, Jizzax, Samarqand va Qoraqolpog‘iston Respublikasi hududiy markazlarining direktorlari yuqoridagi vazifalarning ijrosi yuzasidan hisobot berdilar.

Yig‘ilish so‘ngida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov barcha tizim-tashkilot rahbarlari va hududiy boshqarma boshliqlari hamda markaz direktorlariga istiqbolda turgan masalalarning yechimiga yanada e’tiborli bo‘lishlarini ta’kidladi.