“O’zstandart” agentligining tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro anjuman mehmonlari belgilangan dasturga asosan qadimiy va navqiron Samarqand viloyatiga tashrif buyurdilar.

Sir emas, yurtimizga mehmon bo‘lib kelayotgan har bir inson zamonaviy Toshkent qiyofasiga katta qiziqish bilan nigoh tashlasalarda, tarixiy obidalarimizga esa juda katta hayrat va hurmat bilan talpinayotganlari ma’lum bo‘lmoqda.

Mehmonlar bugun erta tongda Samarqand shahrida tantanali kutib olindi. Sayyohat davomida ishtirokchilar qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish asnosida, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilmoqdalar.