Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniksa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida joylarda sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Sport bilan shug‘ullanish insonda nafaqat jismoniy holatni yaxshilaydi, balki aqliy faoliyatni ham rivojlantiradi. 

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli «Jismoniy tarbiya sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida  «O’zstandart» agentligi bosh direktorining 2018 yil 6 iyundagi №204-sonli «Sport musobaqasini o‘tkazish haqida»gi buyrug‘i bilan “O’zstandart” agentligi va tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari hududlarga bo‘lingan  holda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 5 iyul kuni tasdiqlangan jadval asosida sport musobaqasining I- bosqichi Qarshi shahrida Qashqadaryo SSM DK hamda Surxondaryo SSM DK ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning futbol, stol tennisi, arqon tortish, yugurish, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha  o‘tkazildi. Musobaqada jami 31 nafar xodimlar ishtirok  etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar natijasiga ko‘ra sportning  futbol, stol tennisi, arqon tortish  hamda yugurish turlari bo‘yicha Qashqadaryo SSM DK xodimlari, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha esa Surxondaryo SSM DK xodimlari ustunligi bilan  yakunlanib musobaqaning keyingi bosqichlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bu kabi sport musobaqalarini tashkil etilishi shubhasiz ishchi va xodimlarni madaniy va ma’naviy xordiq chiqarishlari hamda ular o‘rtasida  sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, salomatliklarini tiklashga ko‘maklashish, turli xil kasb kasalliklarini oldini olish, mehnat samaradorligini oshirishlarida  xizmat qiladi.