Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi korxonalarning mutaxassislari uchun Joriy yilning 13–26 iyun kunlari o‘quv kurslari tashkil etildi.
“O‘zstandart“ agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti hamda Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK hamkorligida Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi korxonalarning mutaxassislari uchun “Standartlashtirish”, “Metrologiya” hamda “Avtotransport vositalarining texnik holatiga doir xavfsizlik talablari va ularni tekshirish usullari, shuningdek GBU xavfsizligiga doir talablar hamda sinash va kalibrlash laboratoriyalarining kompiyetentliligini O‘zDSt ISO IEC 17025:2007 asosida baholash” mavzularida 2016 yil 13–26 iyun kunlari o‘quv kurslari tashkil etildi.
Mazkur seminarda “UzBAT” QK AJ, “Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi” Samarqand viloyat boshqarmasi, “O’zbekropanservis” AJ kabi yirik korxonalarning mutaxassislari ishtirok etdilar.
O‘quv kurslarida ishtirok etgan korxonalarning vakillari kun tartibidagi mavzular yuzasidan “O‘zstandart“ agentligining mutaxassislari bilan fikrlashdilar. Hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

Axborot xizmati