“O‘zstandart” agentligi mutaxassislari 2016 yilning 9-14 sentyabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti – ISO ning 39-Bosh assambleyasida ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun: Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti – ISO ga 1947-yil asos solingan bo‘lib, xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi eng yirik va muxim axamiyatli tashkilotlardan biri xisoblanadi. 163 ta davlatlarning standartlashtirish bo‘yicha Milliy organlari ISO ning tarkibiga kiradi. “Uzstandart” agentligi 1993 yildan beri ISO ning to‘lahuquqli a’zosidir. ISO ning markaziy kotibiati Shvetsariyaning Jeneva shahrida joylashgan bulib, ISO faoliyati davrida 20 mingdan ortiq standartlarni qabul qilgan. Standartlarni yaratish dasturi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, atrof-muhit, informatsion texnologiyalari kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. ISO standartlarni yaratish tizimi 3 mingdan ortiq texnik organlar, shuningdek 200 dan ortik ISO texnik komitetlardan iborat.
ISO ning 39-Bosh assambleyasi “Xitoy ISO haftaligi” ishlari uchun platforma bo‘lib xizmat qildi. Haftalik davomida dunyoning 160 dan ortiq davlatidan standartlashtirish sohasidagi 700 tadan ortiq mutaxassislar ISO tizimi va xizmatlari, mahsulotlarni standartlashtirish sohasidagi rivojlanishning perspektiv yo‘nalishlarini aniqlavchi muxim masalalarni o‘zaro muxokama qilishdi.

2016 yilning 12-13 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda standartlashtirishda davlat ishtiroki, davlatlararo hamkorlik, konsensus yo‘li bilan qarorlar qabul qilinishi va tajriba almashish bilan bog‘liq bo‘lgan strategik savollar ko‘rib chiqildi. Standartlashtirish bo‘yicha texnik komitetning faoliyatida standartlarni ishlab chiqarish sohasida IT-texnologiyalarining zamonaviy vosita sifatida qo‘llanishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek ishtirokchi davlatlar vakillari tomonidan iqtisodiyotning yuqori texnologik doiralarida standartlashtirishni rivojlantirish, shuningdek hududiy dasturlar bilan bog‘liq yuqori perspektiv yo‘nalishlari muhokama qilindi. 
“Xitoy ISO haftaligi” doirasida “O‘zstandart” agentligi vakillari rivojlanayotgan davlatlar masalalari bo‘yicha qo‘mita - DEVCO, texnik boshqarish Kengashi yig‘ilishi, hamda ochiq sessiyalarda ishtirok etishdi.
ISO ning 39-Bosh assambleyasida ISO prezidenti va ISO Kengashining yangi tarkibini tayinlash bo‘yicha navbatdagi saylov bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, ISO ning yangi prezidenti etib Kanada vakili Jon Volter tanlandi.