Manzil: 100049, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333 «A»
Markaz direktori: Daminov Akbarjon Alijonovich
Telefon: (0-371) 150-26-03
Faks: (0-371) 150-26-15
Ishonch telefoni: (0-371) 150-26-03
Elektron pochata manzili: info@nim.uz
Ish vaqti: Dushanba-juma: 09:00 – 18:00. Tushlik vaqti: 13:00 – 14:00
Hudud web sihifasi o`tish: nim.uz
Markaz Ustavi
(pdf)(223kb)
«O‘zstandart» agentligining Respublika Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-sonli «Respublika davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli «O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tuzilishini va faoliyatini tashkil» Respublika Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markaziga o‘zgartirilgan.
"O'zbekiston milliy metrologiya instituti" DKga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, biriktirilgan hududlarda va o‘lchash turlari bo‘yicha o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini ta’minlash;
- yuqori aniqlikdagi chiquvchi va namunaviy o‘lchash vositalarini saqlash va tegishli darajada saqlab turish;
- davlat metrologiya xizmatini rivojlantirish;
- mavjud yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari va usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish, o‘lchash, nazorat va sinash vositalarini standartlashtirish;
- o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovlari bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
- o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil qilish;
- yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash va ta’mirlash huquqiga akkreditlash.
Ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazining qiyoslash laboratoriyalari yuqori aniqlikdagi qiyoslash asbob-uskunalari hamda namunaviy o‘lchash vositalariga ega.