Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Press-reliz



Press-reliz: “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tomonidan joriy yilning dastlabki choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan PRESS-RELIZ

“Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tomonidan Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturiga muvofiq qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikamiz sanoat korxonalarining faoliyatini oʻrganish hamda ularga texnik jihatdan tartibga solish sohalari yuzasidan zarur amaliy yordamlar berish, investitsiya dasturi asosida 2022-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar hamda eksportyor korxonalarga sohaga doir masalalar boʻyicha xizmat koʻrsatishni takomillashtirish hamda sinov laboratoriyalari natijalarini xalqaro darajada tan olinishiga erishish shular jumlasidandir.

 

  • 18.04.2022
  •  Ko'rishlar: 
  •  14491
  • 31.03.2022
  •  Ko'rishlar: 
  •  12783
Press-reliz: «Metrologiya sohasida innovatsion 2021.01.04. loyihalar va xalqaro hamkorlik»

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti (OʻzMMI)da milliy etalonlar bazasini takomillashtirish va rivojlantirish, ularni xalqaro darajada solishtirish va metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

  • 01.04.2021
  •  Ko'rishlar: 
  •  12688
Press-reliz: Press Reliz

2020-yil 29-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Oʻzbekiston yaqinda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Ushbu tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar bozorlarida toʻlaqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish meʼyorlarini ularning talablariga moslashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish zarurligi belgilab qoʻyildi. Shu bilan birga ushbu oʻrinda “Oʻzstandart” agentligi oldida ham sohaga doir bir qator vazifalar yuklatildi. Agentlikning tizim korxonasi boʻlgan Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida ham ana shu talabdan kelib chiqib ishlar amalga oshirilishi boshlab yuborildi. 

  • 19.02.2021
  •  Ko'rishlar: 
  •  11122
Press-reliz: PRESS RELIZ

Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati tomonidan ajratilgan 1,4 mln. Yevro mablagʻ loyiha boʻyicha ishtirok etuvchi davlatlar (Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston)ning sifat infratuzilmasini mustahkamlashda olib boriladigan ishlar uchun moʻljallangan “Markaziy Osiyo mamlakatlari sifat infratuzilmasini mustahkamlash” loyihasi 2019-2022-yillarda amalga oshirilishi belgilangan.

  • 25.11.2020
  •  Ko'rishlar: 
  •  12250
Press-reliz: Xalqaro akkreditatsiya forumiga toʻlaqonli aʼzo boʻlishning ahamiyati

Akkreditatsiya markazi muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlarining kompetentligini baholash ishlari olib bormoqda. Manfaatdor tomonlar uchun Markaz faoliyati, akkreditatsiya jarayoni va muvofiqlikni baholash organlari toʻgʻrisidagi zarur axborotni www.akkred.uz rasmiy veb sayti orqali erkin olish imkoniyati yaratildi.

  • 23.11.2020
  •  Ko'rishlar: 
  •  13057
Press-reliz: Insoniyat taraqqiyoti davomida oʻlchamlar odamlarning oʻzaro aloqalarida, tabiat va atrofdagi narsalarga boʻlgan munosabatlarida aks etgan hamda ularga hamroh boʻlgan.

Bugungi kunda turmushda foydalaniladigan har qanday narsaning aniq oʻlchami, ularni oʻlchaydigan asbob–uskunalar mavjud. Oʻlchashlarni toʻgʻri amalga oshirish esa aniq hisob-kitoblarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Oʻlchashlar haqiqiy qiymatini aniqlash uchun oʻlchash vositasining oʻzi aniq va toʻgʻri qiymatlarni koʻrsatishi lozim.

  • 17.11.2020
  •  Ko'rishlar: 
  •  13552
Press-reliz: “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qonun hujjatlarini metrologiya sohasidagi xalqaro hujjatlar talablariga muvofiqlashtirish va Qonun normalarini xalqaro talablar bilan, xususan Xalqaro Qonunlashtiruvchi Metrologiya Tashkilotining D1 “Metrologiya boʻyicha qonun elementlari” xalqaro hujjati (III bob) va oʻlchashlar birliligini taʼminlash sohasidagi asos boʻluvchi davlatlararo hujjatlarning qoidalariga uygʻunlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.

“Metrologiya toʻgʻrisida”gi amaldagi Qonunning keyingi moddalari bir xilda talqin qilinishini taʼminlash uchun asosiy tushunchalar “davlat metrologiya xizmati”, “metrologik kuzatuvchanlik”, “oʻlchashlar aniqligining koʻrsatkichi” kabi terminlar bilan toʻldirilmoqda. Bunday terminlar kiritilishi bilan “oʻlchash vositalarini qiyoslash” va “metrologiya xizmati” terminlarining taʼrifi oʻzgartirilmoqda.

  • 17.11.2020
  •  Ko'rishlar: 
  •  21857