2020-yil 29-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Oʻzbekiston yaqinda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Ushbu tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar bozorlarida toʻlaqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish meʼyorlarini ularning talablariga moslashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish zarurligi belgilab qoʻyildi. Shu bilan birga ushbu oʻrinda “Oʻzstandart” agentligi oldida ham sohaga doir bir qator vazifalar yuklatildi. Agentlikning tizim korxonasi boʻlgan Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida ham ana shu talabdan kelib chiqib ishlar amalga oshirilishi boshlab yuborildi. 

2020-yil davomida 94 ta tadbirkorlik subyektlarining 175 turdagi 18,8 mlrd.soʻmlik oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilgan oʻlchash vositalarini ikki oy davomida muvofiqlik sertifikatini taqdim etish sharti bilan bojxona hujjatlari rasmiylashtirish 1 kunlik muddatda amalga oshirilishi taʼminlandi.

Davlat byudjetidan ilk bor 2018-2023-yillarga moʻljallangan Dasturga asosan 21 dona etalonlarni xarid qilish uchun 5,8 mln.dollar ajratilib,
2023-yilga qadar milliy etalonlar bazasini 33 dona etalonlarga yetkazish rejalashtirildi.

2020-yilda milliy etalonlar bazasi 18 taga yetkazilishi bilan 27 ta xalqaro metodlar joriy qilindi va 9 ta laboratoriyalar ISO/IEC 17025 standartiga muvofiq akkreditatsiya qilindi. Natijada yiliga 400 ming dollar iqtisod qilinishiga erishiladi.

Shuningdek, OʻzMMIda2021-yilda etalonlar bazasini 23 taga yetkazish hamda 16 ta hududiy filiallarda kalibrlash xizmatini joriy qilish orqali yiliga 700 ming dollar iqtisod qilinishi va kalibrlash ishlariningqiyoslash ishlariga nisbatini 37 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

2019-yildan boshlab Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) yordamida amalga oshirilayotgan qiymati 617,3 ming doll. boʻlgan “Ionlashtiruvchi va rentgen nurlanish sohasidagi ikkilamchi etalonlar maxsus dozimetrik laboratoriyasi”ni yaratish boʻyicha texnik-koʻmak loyihalari amalga oshirilmoqda.

Germaniyaning JENOPTIK Robot GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 93 ming yevro boʻlgan “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” loyihasini amalga oshirish jarayonida 6 ta laboratoriya uskunalari keltirildi.

Innovatsion rivojlanish va innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobiga davlat granti asosida qiymati 1 mlrd. soʻm boʻlgan 3 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, 2021-yilda taxminiy qiymati 5 mlrd. soʻm boʻlgan jami 6 ta ilmiy loyihalarni tayyorlash (jumladan, ekologiya - 1 ta, energetika - 1 ta, kimyo, oziq-ovqat va neftgaz- 3 ta, sogʻliqni saqlash -1 ta) rejalashtirilgan.

Germaniyaning Fizika-Texnika Federal Instituti (RTV) bilan hamkorligida qiymati 1,6 mln. doll. boʻlgan “2019-2022-yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari  sifat infratuzilmasini mustahkamlash mintaqaviy loyihasi” doirasida sifat infratuzilmasini xalqaro standartlarni joriy qilish sohasida xalqaro ekspertlarning konsultatsiyalari olinmoqda.

2020-yildan metrologiya xizmatlari boʻyicha murojaatlarni qabul qilish va xizmatlarni taqdim etish uchun “metrologiya.nim.uz” axborot tizimi “yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”ga integratsiya qilinib,163,5 ming qiyoslash sertifikatlari elektron ravishda rasmiylashtirildi.

Mazkur sohada kelgusida “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” doirasida umumiy qiymati 332 mln soʻm boʻlgan “Ye-Metrologiya” axborot tizimini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Milliy etalonlar bazasini yana-da rivojlantirish uchun umumiy qiymati 2,1 mln. dollariga teng 5 ta etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarinixarid qilish va laboratoriyalarga oʻrnatish;

sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qiymati 7,9 mlrd. soʻmlik 95 ta yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini xarid qilish orqali kalibrlash laboratoriyalarini  tashkil etish;

oʻlchash vositalarini kalibrlash boʻyicha akkreditatsiya doirasini qoʻshimcha 40 turdagi oʻlchash vositalari guruhiga kengaytirish;

investitsion loyiha doirasida umumiy qiymati 456 ming doll. boʻlgan radiatsiyani oʻlchash yoʻnalishida ikkilamchi dozimetriya etalonlari laboratoriyasini yaratish;

yoqilgʻi-energetika resurslarini hisobga olish, tibbiyot va artof-muhitni muhofaza qilish sohalarida davlat metrologiya tekshiruvini rivojlantirish maqsadida 3 ta maxsus mobil-koʻchma laboratoriyalarni tashkil etish;

oʻlchashlarning metrologik kuzatiluvchanligini taʼminlash maqsadida xorijiy metrologiya tashkilotlari bilan oʻzaro solishtirish ishlarini oʻtkazish;

kalibrlash ishlarini joylardan joriy etish uchun 16 hududiy filiallar negizida massa, bosim, harorat va elektr oʻlchash turlari boʻyicha kalibrlash laboratoriyalarini tashkil etish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligiga tegishli pandemiya davrida COVID-l9 infeksiyasini aniqlashda faoliyat koʻrsatayotgan tibbiy laboratoriyalaridagi test tahlilini oʻtkazishda foydalaniladigan oʻlchash vositalarini bepul qiyoslash ishlari yoʻlga qoʻyilgan.