O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6 fevraldagi “Kirish turizmini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3509-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan, “O‘zstandart” agentligi tomonidan tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, respublikaga turistlar oqimini ko‘paytirish, kirish turizmini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida, “O‘zstandart” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti O`z DSt 3284:2017 “Eksport qilinadigan mahsulot tamg‘asiga tushiriladigan tovar belgisi. Asosiy qoidalar” qabul qilindi.

Ushbu standart eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlarni tamg‘alash uchun qo‘llaniladigan tovar belgilarini shakliga va tushirilishiga bo‘lgan umumiy talablarni belgilaydi. Qabul qilingan davlat standarti tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlarga tadbiq etiladi.

Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlari o‘z mahsulotlarini horijiy davlatlarga www.uzbekistan.travel.com saytiga havola qilingan holda maxsus QR kodi bilan “Welcome to Uzbekistan” belgisi ostida eksport qilish imkoniyati yaratildi. Bu esa o‘z navbatida horijiy sayyohlarni yurtimizga tashrifini yanada ko‘payishiga imkon beradi.