Qiyoslash va sinash bazasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi doirasida “O‘zstandart” agentligi “O‘zbekiston milliy metrologiya isntituti” Davlat korxonasi tomonidan quyidagi gaz komponentlari miqdoriga ega qiyoslash gaz aralashmalari xarid qilindi:

- vodorod (N2);

- kislorod (O2);

- azot (N2);

- metan (CH4);

- propan (S3N8)

- uglerod oksidi (CO);

- uglerod ikki oksidi (CO2);

- azot oksidi (NO);

- azot ikki oksidi (NO2);

- oltingugurt ikki oksidi (SO2).

Hozirgi vaqtda “O‘zMMI” DK yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan gaz aralashmalari yordamida gaz analizatorlari, gaz detektorlari, signalizatorlar, gaz analitik uskunalarini kalibrlash hamda qiyoslash ishlarini olib bormoqda, bu esa ayni damda gaz tahlili doirasidagi o‘lchashlarning aniqligi oshishini hamda metrologik tekshiruvini ta’minlaydi. “O‘zMMI” DK, ishlab chiqarish xonalaridagi havoda bug‘ va gazlarning portlash xavfi bo‘lgan konsentratsiyalar hosil bo‘lishining oldini olish uchun, gazlarning, ishlab chiqarish jarayonlarining tahliliy tekshiruvida modda va materiallar probalarining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash va turli tadqiqotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan gaz tahlili doirasidagi o‘lchash vositalarining metrologik tekshiruvi bo‘yicha xizmatlarini taklif