Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018 yil O’zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan, “O’zstandart” agentligi, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi (“RSSM” DK) tomonidan, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida “Star Screen” kompaniyasi xamkorligida mijozlarga ko‘rsatilayotgan hizmatlardan qoniqish darajasini o‘rganish va ma’lumotlarga ega bo‘lish “Axborot monitori”ni ishlab chiqdi va sinov rejimida “Higway Logistics Center” bojxona terminaliga o‘rnatildi.

Ushbu tizimda maxsus qurilma monitoriga “RSSM” DK ning faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar interaktiv menyu ko‘rinishida taqdim etiladi. Oddiy va qulay interfeys orqali foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni davlat tili va rus tilida olishlari mumkin.  Bundan tashqari, tizimda bog‘lanish usullari ham ko‘zda tutilgan: taklif va e’tirozlar berish, mijozlarning xizmatlardan qoqinish darajasini baholash va x.k. Bunday tizimlarni yaqin kelajakda “RSIS” DK xizmat ko‘rsatadigan boshqa bojxona terminallarida ham o‘rnatish rejalashtirilgan.