Joriy yilning 7 mart kuni “O’zstandart” agentligida Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) tashabbusi bilan MAGATE ning texnik hamkorlik dasturlari bo‘yicha menejeri – janob Kristof Samba Xenrix va MAGATE yadroviy yoqilg‘i tsikli va chiqindilar texnologiyasi bo‘yicha ekspert – janob Umar Salixbaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda “O’zstandart” agentligi tomonidan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan texnik hamkorlik loyihasi MAGATE UZB6015 «O’zbekiston Respublikasida dozimetrli ikkilamchi etalonli laboratoriyani tashkil etish» (Establishing the Secondary Standards Dosimetry Laboratory) doirasida qiziqish bildirildi.

Ushbu loyiha doirasida O’zbekiston milliy metrologiya instituti dozimetrik laboratoriyasini rentgen va gamma nurlanishli etalonlar bilan jihozlantirish, shu bilan birga mutaxassislar malakasini oshirish, o‘qitish (amaliyot o‘tash) va xalqaro davlatlar yetakchi metrologiya tashkilotlarining ilmiy seminarlarida qatnashish ko‘zda tutilgan. Loyixani amalda qo‘llash natijasida foydali qazilmalar ishlab chiqarish, mehnat havfsizligi va sog‘liqni saqlash sohasida qo‘llaniladigan ionlovchi nurlanishli o‘lchash vositalarining yangi qiyoslash va kalibrlash usullari tadqiq etiladi.

Janob Kristof Samba Xenrix turli yo‘nalishlarda Xalqaro atom energetikasi agentligi va “O’zstandart” agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv davomida barcha yo‘nalishlarda fikr almashinildi, va natijada kerakli shartnoma va bitimlarni qayta shakllantirib imzolash bo‘yicha qaror qabul qilindi.