2018 yil birinchi choragi mobaynida kimyo mahsulotlarini sinash laboratoriyasi tomonidan «O’zstandart» agentligi tizimidagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari, shuningdek, viloyatdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida ishlab chiqaruvchi korxonalar  «BUXARA  LABSA  PFK» MChJ QK,  «BAHOR  PLASTICS» MChJ QK,  «BUXARA SHATEN  CLEAN» MChJ,  «HUSHBUY COSMETICS»  MChJ QK va «BIOAKTIV  EFFEKT  SERVIS» MChJ bilan davriy sinovlar o‘tkazish mazmunidagi sinov shartnomalari tuzildi. Ushbu korxonalar quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan – chiziqli alkilbenzolsulfon kislotasi (LABSA), kir yuvish vositalari va yuvish vositalari, shampun, gellar va suyuq sovun. «BUXARA  LABSA  PFK» MChJ QK,  «BAHOR  PLASTICS» MChJ QK,  «BUXARA SHATEN  CLEAN» MChJ,  «HUSHBUY COSMETICS»  MChJ QK bugungi kunda viloyatning asosiy eksport qiluvchi korxonalari hisoblanadi.

Bundan tashqari 5 turdagi mahsulotlar ham sinovdan o‘tkazildi.  

Laboratoriya mutaxassislari tomonidan yuvish vositalari va sirt faol modddalarning xalqaro standartlar (ISO) va davlatlararo standartlar (GOST) sinov usullari o‘rtasidagi qiyosiy tahlili tayyorlandi.